Yonib ketgan avtobus ichidan 52 yo‘lovchi tanasi chiqarib olindi

© Instagram / askar_aktileuSgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana
Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa joyiga tez orada O‘zbekiston FVV rahbari va Aqto‘be viloyati hokim o‘rinbosari yetib kelishadi

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Avtobusda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 52 yo‘lovchining tanasi chiqarib olindi va Aqto‘bega yetkazildi, deb xabar qilmoqda Aqto‘be hokimligi matbuot-xizmati.

Sgorevshiy avtobus v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Nega 52 kishi avtobusdan chiqolmay qolishgan - Qozog‘iston rasmiylari izohi
Hodisa yuz bergan Irgiz tumaniga tez orada O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Rustam Jo‘rayev va Aqto‘be viloyati hokim o‘rinbosari Serik Tulenbergenov hamda davlat organlarining boshqa xodimlari yetib borishadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston nashri.

"Aqto‘be viloyati hokimligi tomonidan barcha zarur yordam choralari ko‘rsatilmoqda. Qozog‘istonlik ekspertlar O‘zbekistonlik hamkasblari bilan kunu-tun sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazishmoqda", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston FVV matbuot-xizmati ilgariroq hodisa qurbonlarining dastlabki ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0