Toshkent suv kanalida sinfdoshini qutqarishga uringan 10 yoshli bola cho‘kib ketdi

© CA-NewsVodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente
Vodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fojia 21-yanvar kuni Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o‘tuvchi suv kanalida yuz bergan

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Toshkentda 21-yanvar kuni Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o‘tuvchi suv kanalida 10 yoshli bola cho‘qib ketdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri FVV matbuot xizmatiga tayangan holda.

Ruka rebenka - Sputnik O‘zbekiston
Tanasidan ignalar topilgan bolakay vafot etmagan

Xabar berilishicha, fojia 21-yanvar kuni Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o‘tuvchi suv kanalida yuz bergan.

Voqeaga guvoh bo‘lganlarning xabar qilishicha, 10 yoshli Abdulla Ro‘ziboyev va uning sinfdoshi Shohjahon maktabdagi darslardan qaytayotgan vaqtida sodir bo‘lgan.

Do‘sti suvga tushib ketganini ko‘rgan Abdulla o‘zini muzdek sovuq suvga tashlagan. Shohjahon mahalliy aholi tomonidan qutqarib qolingan, biroq Abdulla cho‘kib ketgan. 

"Birinchi suvga tushib ketgan bola shu yerda bo‘lgan odamlar tomonidan grablyalar yordamida qutqarib qolingan. Lekin boshqa bolani kuchli suv oqimi olib ketdi. FVV xodimlari voqea joyiga o‘z vaqtida yetib borishgan. O‘tkazilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida cho‘kib ketgan bolaning jasadi topilgan", — deb ma’lum qilishdi FVV matbuot xizmatida.

Yangiliklar lentasi
0