Yanvar oyida sodir bo‘lgan eng shov-shuvli hodisa va jinoyatlar

© Press-slujba MChS UzbekistanaSgorevshiy avtobus v Kazaxstane
Sgorevshiy avtobus v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik tahririyati 2018-yil birinchi oyida sodir bo‘lgan eng ko‘p ommaviy axborot vositalarda va jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingan hodisalarni umumlashtirdi

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. 2018-yilning birinchi oyida bir qator jiddiy hodisalar va jinoyatlar o‘zbekistonliklar e’tibori markazida bo‘ldi. Bu hodisalar xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarda keng yoritilib, jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilindi.

Sputnik tahririyati yanvar oyi davomida sodir bo‘lgan eng shov-shuvli jinoiy huquqbuzarliklar va mudhish hodisalarni e’tiboringizga havola qiladi.

Qozog‘istondagi mudhish fojia

18 yanvar kuni Qozog‘iston trassasida avtobus yonib ketdi, unda 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Faqat 5 nafar kishi omon qoldi. Ikki qavatli "Ikarus" Qozog‘iston davlat raqamlari bilan Rossiya tomon yo‘lga chiqqandi.

Fojea qisqa elektr simi tutashuvi, salon ichida yong‘in chiqishi va olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanishi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Sud arestoval voditeley sgorevshego avtobusa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Aqto‘be fojeasida aybdor deb topilgan haydovchilar 2 oyga hibsga olindi

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Aqto‘be viloyati sudi yonib ketgan avtobusning 3 nafar haydovchilarini 2 oy muddatga hibsga oldi.

Dastlabki tergov ishlari natijasida, avtobus haydovchilari tomonidan Qozog‘iston Jinoyat Kodeksining 345-moddasi, 4-bandida ko‘rsatilgan jinoyatni (yo‘l-harakati xavfsizligi qoidalarini va transport vositasini boshqarish va ekspluatatsiya qoidalarini buzish) amalga oshirilgani aniqlangan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, ushbu fojia yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

"Kechagi bo‘lgan palakatlar ko‘p narsadan dalolat beradi. Xalqimizni oldida hali qarzimiz ko‘p. Odamlarizga sharoit yaratmaganimiz uchun, ular begona yurtlarga borib ish qidirib yurishibdi. Bu albatta davlatchilik, davlat rahbariyati, hamma tizimdagi rahbarlarning xato va kamchiliklari o‘z vaqtida bartaraf etilmaganidan dalolat beradi. Ular begona yurtlarda sarson-sargardon bo‘lib yuribdi degan gap, bu bekor gap emas. Bechora ularning ham umidlari, orzulari bo‘lgan albatta. Xudodan ne ne niyatlar qilib, bolamni boqaman, otamga bir so‘m olib kelaman, deb yo‘lga chiqqan. Qanday yosh-yosh yigitlar, mo‘min musulmonlar, hammasi o‘zbekistonliklar", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rossiyada zaharli gaz isidan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyaning Razan viloyati Rajskiy tumani politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11-yanvarga o‘tar kechasi Sheremetyevo qishlog‘ida joylashgan uyda zaharli gaz isidan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlangan. Viloyat tergov boshqarmasining aniqlanishicha, barcha shaxslar rasman mahalliy fermer xo‘jaligida mehnat qilishgan.

Samolet Uzbekskix avialiniy Airbus A-320 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi

Zaharlanish oqibatida, 1966-yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumanilik P.N.Samadov, 1966-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanilik O‘.N.Pazilov, 1969-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanilik A.Yu.Mirzojonov va 1981-yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Zarafshon shahrilik S.I.Xayitov olamdan o‘tgan.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanilik Sh.M.Saidov (1990 yilda tug‘ilgan) Rajskiy tuman kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida salomatligi og‘ir holatda joylashtirildi.

Halok bo‘lgan fuqarolarining jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi.

Chaqaloq tanasida 16 dona ignalar aniqlandi

Farg‘ona viloyatida shifokorlar 11 oylik gudakning tanasidan 16 dona tikuv ignalarni topishdi. Shifokorlar bolada ignalarni uning onasi murojaat qilgandan so‘ng, rengent qilingach aniqlashgan. Go‘dak zudlik bilan Toshkentdagi Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib borildi.

9 soatlik jarohlik operatsiyasi o‘tkazildi, bola tanasidan 13 dona igna chiqarib olindi.

Perinatalniy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Tanasidan igna topilgan bolakay hayotiga suiqasd qilinganmi? Idoralar javobi

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakiliga ko‘ra, o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ignalar bolaning organizmida bir yarim oy davomida bo‘lgan.

Markazning bolalar bo‘limi mudiri, professor Xabibulla Akimovning so‘zlariga ko‘ra, ignalar bola tanasining turli qismlarida bo‘lganligi tufayli, bola o‘zi 16 ta ignani yuta olmagan. Huquq tartibot organlari ushbu holat bo‘yicha tergov ishi olib borilmoqda.

Toshkentda sinfdoshini qutqarishga uringan 10 yoshli bola cho‘kib ketdi

Toshkentda 21-yanvar kuni Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o‘tuvchi suv kanalida 10 yoshli bola cho‘qib ketdi.

Voqeaga guvoh bo‘lganlarning xabar qilishicha, 10 yoshli Abdulla Ro‘ziboyev va uning sinfdoshi Shohjahon maktabdagi darslardan qaytayotgan vaqtida sodir bo‘lgan. 

Do‘sti suvga tushib ketganini ko‘rgan Abdulla o‘zini muzdek sovuq suvga tashlagan.

Shohjahon mahalliy aholi tomonidan qutqarib qolingan, biroq Abdulla cho‘kib ketgan.

Samarqandda yo‘lovchi IIB xodimiga hujum qildi

2018 yil 14-yanvar kuni internetda Samarqand shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan avtomobil haydovchisi o‘rtasida bo‘lgan janjal holati videotasviri joylashtirilgan.

Ushbu holat o‘rganilganda, 30 K 977 YeA davlat raqamli Neksiya avtomashinasi haydovchisi Ishtihon tumani "O‘rtaqishloq" MFY "Yangiravot" qishlog‘ida yashovchi D.E.Umarov yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, avtomashinani boshqargan.

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda to‘xtatilgan avtomobil yo‘lovchisi IIB xodimiga hujum qildi

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga itoat qilmasdan harakatni davom ettirib, yo‘ldagi tirbandliklardan o‘tib ketish imkoniyati bo‘lmaganidan majburan to‘xtagan. Shu vaqt mashina salonida o‘tirgan Qo‘shrabod tumani "Oqtepa" QFY "Shavona" qishlog‘ida yashovchi yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 1992-yilda tug‘ilgan S.A.Toshpulatov YPX katta inspektori Shoxrux Mamatovni oldiga kelib, hech bir sababsiz unga musht tushirgan va oyoqlari bilan tepgan.

Voqea joyiga narad chaqirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ekspertiza xulosalariga asosan haydovchi D.E.Umarov spirtli ichimlik iste’mol qilganligi va katta inspektor Sh.U.Mamatovga tan jarohati yetkazib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga itoat qilmaganligi uchun to‘plangan materiallar qonuniy hal qilinishi uchun prokuratura organlariga yuborildi.

Fohishalarga qarshi kurash

2018 yil 20-yanvar kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumani hududida joylashgan "Zolotaya ribka" nomli saunada tekshiruv o‘tkazildi.

"Mazkur tekshiruv davomida fuqarolar 1998-yilda tug‘ilgan K.B.Tashkenbayeva, 1990-yilda tug‘ilgan U.M.Razzoqova va 1992-yilda tug‘ilgan K.Valiyeva saunada fohishalik bilan shug‘ullanib, mijozlar bilan jinsiy aloqa qilib kelganliklari aniqlangan", — deyiladi IIBB xabarida.

Devushka na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Telegram yordamida fohishalik xizmatlarini taklif qilgan ayollar qo‘lga olindi

Bundan tashqari, Toshkent shahar IIBB xodimlari Yashnaobod tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida Telegram tarmog‘i orqali o‘zining "xizmat"larini taklif qilgan fohishalarni qo‘lga olishdi.

Huquq tartibot xodimlari ushbu ayollardan biri o‘zining ochiq rasmlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirganligi aniqlandi. Ushbu ayol jinsiy aloqa qilish uchun bir soatiga 400 ming so‘mga so‘raganligi ma’lum bo‘ldi. Qo‘lga olingan ayol Yashnaobod tumanida kvartirani ijarada istiqomat qilgan.  Ushbu kvartirada fohishalik bilan shug‘ullangan 3 nafar ayol borligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan ayollarga jinoiy qonunchilik talablari asosida javobgarlik choralari ko‘rildi.

Yangiliklar lentasi
0