18:42 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Samolet An-148

Moskva viloyatida An-148 samolyoti halokatga uchradi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Hodisalar
Havola olish
An-148 samolyoti halokati (7)
96511

Orsk shahriga yoʻl olgan samolyot bortida 71 kishi boʻlgan: 65 nafar yoʻlovchilar va 6 nafar ekipaj aʼzolari

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Domodedovo aeroportidan uchib chiqqan An-148 samolyoti  parvozning 7-daqiqasida halokatga uchradi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Orsk shahriga yoʻl olgan samolyot bortida 71 kishi boʻlgan: 65 nafar yoʻlovchilar va 6 nafar ekipaj aʼzolari.

“Ushbu halokatda yoʻlovchi va ekipaj aʼzolarining tirik qolishiga imkon boʻlmagan”, — deb izoh berdi qutqaruv xizmati vakili “Interfaks” nashriga.

Samolyot “Saratovskiye avialinii” kompaniyasiga qarashli boʻlgan. Halokat Moskva viloyati, Ramenskoye tumanidagi Argunovo qishlogʻi yaqinida sodir boʻlgan.

Ayni damda halokat yuz bergan joyda qutqaruv xizmatlari ishlamoqda.

An-148 samolyoti Ukrainada "Antonov" konstruktorlik byurosi tomonidan 2009 yilda ishlab chiqarish boshlangan. Samolyot 80 kishiga moʻljallangan boʻlib, uzoqligi 4400 kilometrgacha boʻlgan yoʻnalishlarda foydalaniladi.

Mavzu:
An-148 samolyoti halokati (7)

Asosiy mavzular