19:23 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Krusheniye passajirskogo samoleta v Moskovskoy oblasti

An-148 fojeasi – ayni damda nimalar maʼlum boʻldi

© Sputnik / Marina Lыstseva
Hodisalar
Havola olish
An-148 samolyoti halokati (7)
3519 0 0

"Saratovskiye avialinii” kompaniyasiga qarashli boʻlgan samolyot bortida 71 kishi boʻlgan va dastlabki maʼlumotlarga koʻra ularning barchasi qurbon boʻlgan.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida Domodedovo aeroportidan uchib chiqqan An-148 samolyoti Moskva viloyati hududida halokatga uchragani haqida xabar bergan edik.

“Saratovskiye avialinii” kompaniyasiga qarashli boʻlgan samolyot bortida 71 kishi boʻlgan va dastlabki maʼlumotlarga koʻra ularning barchasi qurbon boʻlgan.

Ayni damda samolyot halokatga uchragan hududga qidiruv-qutqaruv otryadlari operatsiyasi olib borilmoqda.

“Samolyot boʻlaklari 1 km kvadrat hududga sochilib ketgan. Fojea joyida qutqaruvchilar koʻp miqdorda samolyot boʻlaklari va odam jasadlarni topishgan. Topilmalar orasida samolyot qora qutilarining bittasi ham bor”, — deyilgan xabarda.

Rossiya FVV rahbari Vladimir Puchkov aytishiga qaraganda qidiruv operatsiyasi tunu-kun olib boriladi. Unda uchuvchisiz apparatlardan ham foydalaniladi. FVV ushbu fojea yuzasidan “qaynoq liniya” ochgan — 8 800 775 17 17.

Rossiya Tergov qoʻmitasi “Saratovskiye avialinii” kompaniyasiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 263 bandi, 3 boʻlimiga binoan (koʻp sonli qurbonlarga olib kelgan ekspluatatsiya qoidalarini buzish) jinoiy ish qoʻzgʻagan. Tergov guruhi fojea joyida ham ishlamoqda.

Rossiya transport nazorati qoʻmitasi “Saratovskiye avialinii” kompaniyasini navbatdan tashqari tekshiruvdan oʻtkazmoqda.

Fojea sabablari haqida hozircha hech narsa maʼlum emas. Samolyot nisbatan yangi boʻlgan. Ekspluatatsiyaga kiritilganiga 8 yildan kam vaqt boʻlgan. Samolyot tajribali uchuvchi — Valeriy Gubanov boshqaruvida boʻlgan. Uning tajribasi – 5 ming uchish soatidan iborat.

“Saratovskiye avialinii” kompaniyasida shunday samolyotlardan 5ta boʻlgan.

Domodedova aeroportida qutqaruvchilar operativ shtabi tashkil qilingan.

Yana bir operativ shtab Orsk shahri aeroportida tashkil etilgan. U yerda qurbon boʻlgan yoʻlovchilarning yaqinlari bilan psixiolog va shifokorlar ishlamoqda.

Mavzu:
An-148 samolyoti halokati (7)

Asosiy mavzular