Bomba borligi to‘g‘risida yolg‘on xabar bergan ayol jarimaga tortiladi

© StringerUzbekskiy militseyskiy avtomobil
Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bomba haqida xabar bergan ayol kuchli mast holatda bo‘lganligi aniqlandi

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Toshkentda maktab internati hududida bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan ayolga nisbatan ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanishi mumkin, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Maktab internatida bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan ayol qo‘lga olindi

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi L.Kucherenko mast holda 103-sonli aqli zaiflar maktab-internatida o‘qiyotgan o‘g‘li I.V.ni uyiga olib ketgani kelganida internat rahbariyati mast holda bo‘lgani uchun olib ketishiga ruxsat bermagan. Kucherenko Toshkent shahar IIBBning 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, yuqoridagi maktab internati hududida bomba bor, deb yolg‘on xabar bergan.

"Xabar kelib tushgandan keyin, voqea joyiga nafaqat tergov-qidiruv guruhi, balki portlovchi qurilmani qidiruvchi bo‘linma ham yetib bordi. Yaxshiyamki, xabar tasdiqlanmadi", — deb ta’kidladi IIBB boshliq o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik bomba haqida xabar bergan ayol kuchli mast holatda bo‘lganligi aniqlandi.

"Hozirgi vaqtda unga nisbatan dastlabki tekshiruv o‘tkazilmoqda. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 199-moddasi maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik bo‘yicha ma’muriy jazo chorasini ko‘rish masalasi hal qilinmoqda", — dedi Doniyor Toshxo‘jayev.

Ta’kidlab o‘tamiz, ushbu modda bo‘yicha ayol eng kam ish haqining bir barvaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (172 240 so‘m).

Yangiliklar lentasi
0