18:48 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Devushka stavit novыe avtomobilnыe nomera

Samarqandda "chiroyli" avtomobil raqamlarini oʻgʻirlab ketib pul talab qilishmoqda

Sputnik / Taras Litvinenko
Hodisalar
Havola olish
547 0 0

Mashina old oynasiga uning egasi Qiwi-hamyonga 5 dollar pul oʻtkazishi kerakligi yozilgan maktub yopishtirib ketilgan

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Samarqandda avtomobillarning davlat raqamlarini oʻgʻirlab, ularni qaytarish uchun pul talab qiladigan shaxslar paydo boʻldi. Bu haqda UzNews.uz xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, sayt tahririyatiga Samarqandda yashovchi jabrlanuvchilardan biri murojaat qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, 12 fevral kuni u uyi yaqiniga qoʻyilgan "Lasetti" rusumli avtomobilining raqamlari yoʻqligini hamda transportining yon qismida tirnalgan izlarni koʻrgan.

Bundan tashqari, mashina old oynasiga uning egasi Qiwi-hamyonga 5 dollar pul oʻtkazishi kerakligi yozilgan maktub yopishtirib ketilgan. Maktubda pul oʻtkazilishi bilan bir sutka ichida mashina davlat raqamini qayerdan topish mumkinligini xabar qilishlari aytilgan.

V Samarkande massovo voruyut avtomobilnыe nomera i trebuyut za nix vыkup
Avtomobil oynasiga yopishtirilgan maktub

Samarqand huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaning UzNews.uzga maʼlum qilishicha, keyingi vaqtda shaharda avtomobil davlat raqamini oʻgʻirlash bilan bogʻliq 30dan ortiq holat qayd etilgan.

Asosiy mavzular