05:43 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Avtobus Setra

Uchinchi marta: Qozogʻistonda buzilib qolgan avtobusdagi 55 oʻzbekistonlikka yordam koʻrsatildi

© Sputnik /
Hodisalar
Havola olish
186510

Politsiyachilar yoʻlovchilarni mahalliy maktab binosiga olib borishdi, ular issiq joy va yegulik bilan taʼminlanishdi

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Qozogʻistonning Pavlodar viloyatidagi trassada avtobus buzilib qolishi natijasida viloyat markazigacha yetib borolmagan 55 oʻzbekistonlikka yordam koʻrsatildi, deb xabar beradi Podrobno.uz.

Rossiyaga ketayotgan avtobus Dostik qishlogʻi yaqinida buzilib qolgan.

Mahalliy politsiyachilar yoʻlovchilarni mahalliy maktab binosiga olib borishdi, ular issiq joy va yegulik bilan taʼminlanishdi.

Buzilib qolgan transport vositasi Pavlodarga olib ketilgan.

Yoʻlovchilar esa boshqa avtobusda Rossiya chegarasigacha olib borib qoʻyilgan. Chegarada esa migrantlar Rossiya avtobusiga oʻtkazilgan.

Bu oʻtgan ikki oy ichida Qozogʻiston hududida migrantlar mingan avtobuslar bilan sodir boʻlgan uchinchi holatdir.

Asosiy mavzular