Janjal oqibatida yiqilib vafot etgan xotinini uyiga ko‘mib yuborgan er qo‘lga olindi

© PixabayZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Er turmush o‘rtog‘ini Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida chiqib ketganligini ma’lum qilgan

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. 12-fevral kuni Samarqand viloyatining Tayloq tumanida tuman IIB xodimlari mazkur tumandagi Gulobod qishlog‘ida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan shaxs bilan surishtiruv ishlari olib borishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, surishtiruv ishlari natijasida, u 2017 yil 25-avgust kuni soat 22.00larda 1973-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjallashganligi aniqlangan. Oqibatda ayol yiqilib tan jarohati olgan va ertasi kuni soat 23.00larda uyida vafot etgan.

Shundan so‘ng er jinoyatini yashirish maqsadida jasadni yashash uyidagi ta’mirlanayotgan xonaga ko‘mib yuborganligi, turmush o‘rtog‘ini esa Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida chiqib ketganligini ma’lum qilganligi aniqlangan.

Ayni paytda u qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0