Yana bir kollej talabasi urib o‘ldirildi

© Sputnik Sputnik / Tabildi Kadirbekovkulak, arxivnoe foto
kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu mudhish jinoyatni talaba yigitning qarindoshi sodir etganligi aniqlangan

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston IIV matbuot xizmati Qoraqalpog‘istonda kollej talabasi jasadi aniqlangani haqida xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiyatosh tumanida yashagan, kasb-hunar kolleji o‘quvchisi, A.Satimbayevning jasadi u yashagan xonadondan topilgan.

Murdaning boshida jarohatlari bo‘lgan, deb aniqlik kiritgan Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni A.Satimbayevning birga yashovchi qarindoshi, 1988-yilda tug‘ilgan T.Boranov sodir etganligi aniqlangan va jinoyatchi qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0