Rossiyada gaz balloni portlashi oqibatida besh nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohatlandi

© Sputnik / Pavel LisisinMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva viloyati Stupino shaharchasida gaz balloni portlashi oqibatida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Moskva viloyatida gaz balloni portlashidan jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi, deb xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot-xizmati.

Medal Za spasenie pogibavshix - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qahramonona harakati uchun medalga tavsiya etildi
Xabarga ko‘ra, 9 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 6:55da O‘zbekiston FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markaziga Moskva viloyati, Stupino shaharchasi Torbeyevo qishlog‘idagi qushxonasida go‘shtni qayta ishlash jarayonida gaz ballonining portlash natijasida O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi kuyish jarohatini olganligi, keyinchalik ulardan biri shifoxonada vafot etganligi haqida xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi tezkor navbatchisi zudlik bilan tegishli ma’lumotlarni O‘zbekiston Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklarigi hamda O‘zbekistonning Rosiyadagi elchixonasi vakillariga yetkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ishchi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi Stupino shahar shifoxonasidan Moskva shahridagi A.V.Vishnevskiy nomli xirurgiya instituti va N.V.Sklifosovskiy nomli ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirilgan.

2018 yil 14-fevral kuni ertalab A.Qarshiyevning jasadi Moskva shahridan "O‘zbekiston havo yo‘llari" orqali Toshkent shahriga keltirilgan va ayni paytda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi qarindoshlariga dafn qilish uchun topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0