Namanganda hojatxonada zaharlanish qurbonlari uch kishi bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishKapelnitsa
Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
25 mart kuni Namangan viloyatining Pop tumanida yashagan, 1986-yilda tug‘ilgan B.Rahmatov uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan "I Phone" mobil telefonini olish maqsadida qo‘shnisi, 1985-yilda tug‘ilgan E.Niyazovni yordamga chaqirgan.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Hojatxonaga tushib ketgan mobil telefonni olishga harakat qilgan kishilarni qutqarmoqchi bo‘lgan shaxs Namangan viloyati tuman kasalxonasida vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Start prodaj iPhone X v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
"Yanami" demang: Namanganda “iPhone” ortidan hojatxonaga tushganlar halok bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 25-mart kuni soat 22:00 da Namangan viloyatining Pop tumanida yashagan, 1986-yilda tug‘ilgan B.Rahmatov uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan "I Phone" mobil telefonini olish maqsadida qo‘shnisi, 1985-yilda tug‘ilgan E.Niyazovni yordamga chaqirgan.

Shundan keyin B.Rahmatov arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan va hushini yo‘qotgan Shunda E.Niyazov, B.Rahmatovni qutqarish maqsadida hojatxona ichiga tushib u ham hushini yo‘qotgan.

Keyin B.Rahmatovning birga yashovchi otasi, 1956-yilda tug‘ilgan H.Rahmatov ularni qutqarish maqsadida hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlangan.

E.Niyazov, B.Rahmatov, H.Rahmatovlar O‘zR FVV viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan chuqurdan olib chiqilganlarida E.Niyazov va B.Rahmatovlar zaxarlanib voqea joyida halok bo‘lganlari aniqlandi. H.Rahmatov esa kasalxonaga yotqizilgan.

Afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan H.Rahmatov kasalxonada vafot etdi.

Favqulodda holatlar vazirligi bunday vaziyatda fuqarolarni mustaqil harakat qilmay, vazirlik bo‘limlariga murojaat qilishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0