Navoiydagi sement zavodda sodir bo‘lgan yong‘inda 2 kishi jarohatlandi

© © Sputnik/ Konstantin ChalabovPojarniy, arxivnoe foto
Pojarniy, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida korxonadagi sovutish inshootining ichki qismi yonib zarar ko‘rgan.

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. "Qizilqumsement" AJ korxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda ikki kishi jarohatlandi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Spetsialisti slujbi pojarnoy bezopasnosti, instruktori-spasateli i vrachi obuchali personal TRS gramotnim operativnim deystviyam po likvidatsii vozmojnix ochagov vozgoraniya i evakuatsii posetiteley - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi katta savdo markazlarida yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Xabarda aytilishicha, Navoiy shahrida 2-aprel kuni soat 09-55 da, Navoiy ko‘chasi 5-uyda joylashgan hozirda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan "Qizilqumsement" AJ korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida korxonadagi sovutish inshootining ichki qismi yonib zarar ko‘rgan. Shuningdek, shu korxona ishchilari, 1967-yilda tug‘ilgan Sh.Primov va 1960-yilda tug‘ilgan S.Ikromovlar kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0