Qashqadaryo viloyatida 40 yashar erkak o‘z onasi va singlisini o‘ldirib, yoqib yubordi

© AP Photo / Andres KudackiPojar
Pojar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkak eski adovat tufayli onasi bilan janjallashib qolgan. Janjal vaqtida onasi va singlisini temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirgan

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 40 yashar erkak qo‘lga olindi. U o‘z onasi va singlisini o‘ldirganlikda ayblanmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Shahrisabzdagi masjidda tadbirkor 40 ming dollarga yaqin pulini oldirib qo‘ydi
Xabarga ko‘ra, hodisa joriy yil 12-aprel kuni ro‘y bergan.

1978 yilda tug‘ilgan A.Turdiyev oldindan bo‘lgan adovati tufayli qasd olish maqsadida onasi, marhuma M.Turdiyevani uyiga borib, u bilan o‘zaro janjallashgan va onasi bilan qo‘shib o‘gay singlisi — F.Karimovaning boshi va tanasining turli joylariga temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirgan.

So‘ngra jinoyatni yashirish maqsadida 13-aprel kuni kechga yaqin shu joyga qaytib kelib jasadlarni ustiga kerosin sepib, o‘tinxonadagi gaz balonni ochib, o‘t qo‘ygan. O‘zi esa hodisa joyidan yashiringan.

2018 yil 14-aprel kuni F.Karimovani uyida "sodir bo‘lgan" yong‘inni o‘chirish vaqtida F.Karimova va u bilan birga yashagan onasi — 1953-yilda tug‘ilgan M.Turdiyevalarning kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida A.Turdiyev qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0