11:59 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Miting v podderjku Telegram

Moskvada Telegram tarafdorlari mitingiga 7,5 ming kishi jamlandi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Hodisalar
Havola olish
183 0 0

Moskva markazida 7500 Telegram tarafdorlari Roskomnadzordan messenjerni taʼqib qilishni toʻxtatishni talab qilishdi.

TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun Moskvada boʻlib oʻtgan Telegram messenjeri tarafdorlari mitingiga 7,5 ming kishi keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, shahar IIb xabariga asosan.

“Akademik Saxarov prospekti va Masha Porыvayeva koʻchalarida mahalliy hokimiyat bilan kelishilgan Telegram tarafdorlarining ommaviy tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda 7500 kishi ishtirok etdi”, — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra, politsiya va Rosgvardiya xodimlari tadbirda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashgan. Jamoat tartibi buzilishiga yoʻl qoʻyilmagan.

Eslatib oʻtamiz, 16 aprel kuni Roskomnadzor  FXXga shifrlash kalitlarini bermagan  Telegram messenjerini Rossiya hududida bloklab qoʻyishni talaba qilgan edi.Roskomnadzor fikriga koʻra ushbu messenjer Rossiya davlati va fuqarolari manfaatiga zarar keltiradi. Messenjer orqali ekstremistik mavzudagi xabarlar tarqatilishi va terrorchilar ham oʻz faoliyatida foydalanishlari mumkin.

Telegram asoschisi Pavel Durov esa shifrlash kalitlari doimo oʻzgarib turishi tufayli uni hukumatga taqdim etishning iloji yoʻq degan edi. 

Asosiy mavzular