15:05 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Dollarы SSHA

Bosh prokuratura 700 ming dollar olgan prokuratura xodimi haqidagi xabarlarga izoh berdi

© pixabay
Hodisalar
Havola olish
850 0 0

Bosh prokuratura tergov siri nuqtai nazaridan jinoyat ishi boʻyicha boshqa maʼlumotlar hozirda oshkor qilinishi maqsadga muvofiq emasligini bildirgan.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi internetda tarqalgan 700 ming dollar olgan prokuratura xodimi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

"Internet tarmogʻida muqaddam tuman prokurori katta yordamchisi boʻlib ishlagan shaxs poytaxt fuqarosi va "Turkiston" banki xodimlarining jinoyat ishlari boʻyicha masalalarini "hal qilib berish"ni vaʼda qilganligi xaqida xabar tarqalgan. Shuningdek, materialda u 700 ming AQSH dollari pora sifatida olinganligi qayd etilgan", — deyiladi unda.

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, hozirgi kunda yuqoridagi holat boʻyicha 2013 yilda XOATB "Turkiston bank" xodimlariga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov qilingan jinoyat ishi doirasida qoʻllanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini oʻzgartirib berish uchun 300 ming dollarni aldov va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan olganligi yuzasidan bir guruh shaxslarga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Ushbu jinoyat ishi boʻyicha gumon qilinuvchilar mansabdor shaxslar hisoblanmaydi va xech qanday xizmat mavqeiga ega emas. Toshkent viloyati Nurafshon shahar prokuraturasining ish yurituvida prokuratura organlarining sobiq hodimlariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud emas", — deyiladi Bosh prokuratura tomonidan.

Bosh prokuratura tergov siri nuqtai nazaridan jinoyat ishi boʻyicha boshqa maʼlumotlar hozirda oshkor qilinishi maqsadga muvofiq emasligini bildirgan.

Asosiy mavzular