Toshkent va Qashqadaryoda YTH: ikki haydovchi elektrovoz bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishUchastok jeleznodorojnogo puti, arxivnoe foto
Uchastok jeleznodorojnogo puti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkent va Qashqadaryoda ikki haydovchi elektrovoz bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Selevoy potok - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda kuchli sel kelishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatining Qibray tumanida 16-may kuni O‘rtachirchiq tumanida yashagan T.B. o‘ziga biriktirilgan "MAN" rusumli yuk avtomashinasini Baytqo‘rg‘on mahallasidan o‘tuvchi "Bo‘zsuv-Oqqovoq" temir yo‘lining 4402-km.da qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotganida shu yerda harakatlanib kelayotgan elektrovoz bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada yuk avtomashinasi haydovchisi T.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Shu kuni Qashqadaryo viloyatida ham shunga o‘xshash YTH qayd etildi.

G‘uzor tumanidagi Xalqobod qishlog‘ida yashagan Sh.X. Matiz avtomobilini Batosh qishlog‘idan o‘tuvchi "G‘uzor-Qamashi" temir yo‘li kesishmasidan o‘tayotganida shu yerda harakatlanib kelayotgan elektrovoz bilan to‘qnashdi.

Haydovchi Sh.X. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.

Mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0