00:55 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Selevoy potok

Sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin - FVV

press-slujba MCHS KR
Hodisalar
Havola olish
962 0 0

Aytilishicha, sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelgan vaqtda aholi qanday harakat qilish borasida tavsiyalar berdi.

Vazirlikning bildirishicha, Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha togʻ va togʻ oldi hududlari sel xavfi boʻlgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan, Fargʻona, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.

Aytilishicha, sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin.

"Sel xavfi toʻgʻrisida xabar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim", — deyiladi vazirlik tavsiyasida.

Agarda sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerakligi aytiladi.

Maʼlum qilinishicha, odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.Sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Koʻp yillik kuzatishlarga koʻra, Oʻzbekiston hududida sel toshish ehtimoli aprel-iyun oylarida birmuncha faollashuvi qayd etilgan va sodir boʻlgan hodisalar quyidagicha taqsimlangan: aprel oyida 30 %, may oyida 36 %, iyun oyida 14 %.

Vazirlikning maʼlum qilishicha, aprel-may oylarida Toshkent, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo. Qashqadaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi togʻ-yonbagʻirlarida sel toshqinlarining boʻlishi kuzatiladi. Iyun-iyul oylarida Namangan va Fargʻona viloyatlari togʻ-yonbagʻri hududlarida sel-toshqin harakati saqlanib qoladi. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham sel toshqinlari boʻlib oʻtish ehtimoli mavjud.

Asosiy mavzular