15:59 14 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Ofitsialnыy myach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18

"Iftixor" FK direktori va katta murabbiyi futboldan butunlay chetlatildi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Hodisalar
Havola olish
49900

"Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashevning klub futbolchilariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlarni amalga oshirgani haqida matbuotda xabarlar tarqalgan.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. "Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashev va klub katta murabbiyi Nodir Qoʻziboyev har qanday futbol faoliyati olib borishdan butunlay chetlatildi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining bayonotida maʼlum qilindi.

Bayonotda bildirilishicha, "Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashevning klub futbolchilariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlarni amalga oshirgani haqida matbuotda xabarlar tarqalgan.

Maʼlum qilinishicha, Ahror Ergashev hamda klub katta murabbiyi Nodir Qoʻziboyevning ushbu hatti-harakatlari asosida surishtiruv ishlari boshlangan hamda ushbu holat yuzasidan ayni damda tekshiruv davom etmoqda.

"Shaxsan Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirigʻiga va Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, "Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashev va klub katta murabbiyi Nodir Qoʻziboyev har qanday futbol faoliyati olib borishdan butunlay chetlatildi", — deyiladi bayonotda.

Umid Ahmadjonov oʻzbek futbolida bunday xunuk holatlar kuzatilmasligi lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

"Hukumat darajasida futbolimizga katta eʼtibor qaratilayotgan bir paytda koʻngilni xira qiladigan bunday holat yuz berganini aslo yoqlab boʻlmaydi. Har qanday holatda ham hech bir futbolchiga nisbatan klub rahbariyatining kuch ishlatishga haqqi yoʻq. OʻFA hamda PFL bundan buyon ham oʻz oʻyinchilariga nisbatan bunday behurmatlik qiladigan va ularning huquqlarini poymol etadigan har qanday klub rahbariyati va murabbiylariga nisbatan keskin choralar koʻradi", — dedi Umid Ahmadjonov.

Asosiy mavzular