Qamchiq dovonida sel bir nechta avtomobilni oqizib ketdi – jarohatlanganlar bor

© FB/ nea.georgiaSel soshel na doroge k granitse Gruzii s RF
Sel soshel na doroge k granitse Gruzii s RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noxush hodisa "Toshkent-O‘sh" yo‘lining 225-kilometrida sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Kecha, 8-iyun kuni Qamchiq dovonida sel kelishi oqibatida bir nechta avtomobilni sel oqizib ketdi.

Noxush hodisa "Toshkent-O‘sh" yo‘lining 225-kilometrida sodir bo‘lgan.

"Natijada, tosh va tuproq massasi yo‘lning avtomobil qatnov qismida harakatlanayotgan 2 ta yengil avtomobil vositasini surib, yo‘l chetiga chiqarib yuborgan. Mazkur avtomobil vositalarida bo‘lgan 6 nafar fuqarolar FVVning "Qamchiq" MQQB qutqaruvchilari tomonidan qutqarib olinib, ularga joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ulardan ikki nafari Angren shahar markaziy kasalxonasiga yuborilgan va to‘rt nafar fuqaroga dovondagi "Buloq" tibbiy yordam maskanida tibbiy yordam ko‘rsatilgan", — deyilgan FVV xabarida.

Shuningdek, yo‘lning qatnov qismida qolgan 4 ta "Isuzu", 2 ta "MAN" va 4 ta yengil avtomobil vositalari voqea joyidan havfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

Dovonda avtomobillar harakati 9-iyun soat 8:00 dan harakat qayta tiklangan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0