12:07 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Avtomobilnaya doroga. Pereval Kamchik

Qamchiq dovonida yuk mashinasi jarlikka tushib ketdi, haydovchi halok boʻldi

© Flickr
Hodisalar
Havola olish
63001

Yuk avtomashinasi toʻliq yonib ketgan. Haydovchi voqea joyida halok boʻlgan.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. 12 iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida “DAF” rusumli yuk mashinasi Qamchiq dovonidan tushayotgan vaqtida haydovchi boshqaruvni eplay olmay yoʻl oʻrtasida turgan temir toʻsiqqa urilgan. Soʻngra  qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib yoʻl chetidagi temir toʻsiqlarni buzib jarlikka tushib ketgan. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yuk avtomashinasi toʻliq yonib ketgan. Haydovchi voqea joyida halok boʻlgan.   

Eslatib oʻtamiz, 8 iyun kuni Qamchiq dovonida sel kelishi oqibatida bir nechta avtomobilni sel oqizib ketganligi xabar qilingandi.

Asosiy mavzular