Toshkent viloyatida yana bir Ahmadboy izdoshi qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 14-iyun kuni mahalliy aholiga "bank xizmatlarini" taklif qilgan firibgar qo‘lga olindi, deb xabar qildi IIV rasmiy sayti.

Xakeri iz Fancy Bears  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda plastik kartalardan pul o‘g‘irlagan kibertovlamachilar qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatining Chinoz tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, ushbu tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan, K.Yu. 2016-yil may-iyun oylarida "Yangiyo‘l avtobiznes servis MChJ" deb yozilgan soxta tashrif qog‘ozi bilan fuqarolarni ishonchiga kirib, ulardan foiz hisobida pul va qora mollarni ikki barobar qiymatda qaytarib berishni va’da qilib, jami 330,5 million so‘m pullarini olgan va o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan K.Yu.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0