Toshkentda Spark mashinasida ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoditel v avtomobile
Voditel v avtomobile - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat raqami aniqlanmagan Spark mashinasi haydovchi jabrdiydaga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketdi.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 16 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida noma’lum haydovchi davlat raqami aniqlanmagan Spark mashinasini Katta Xirmontepa ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chilonzor tumanida yashovchi N.I. ismli ayolni urib yuboradi, deb xabar qildi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Toshkent viloyatida yana bir Ahmadboy izdoshi qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, haydovchi jabrdiydaga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketdi. N.I. olgan jarohatlari sabab kasalxonaga yotqizildi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxsni aniqlash va qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0