Toshkentda kuchli shamol oqibatida elektr uzatish liniyasi ustuni quladi

Obuna bo‘lish
Toshkent halqa avtomobil yo‘lida elektr uzatish liniyasi ustuni quladi

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Toshkent halqa avtomobil yo‘lida, O‘rikzor bozori va Nazarbek oralig‘ida 19-iyun kuni elektr uzatish liniyasi ustuni quladi, deb xabar qildi Podrobno.uz.

Guvohlarga ko‘ra, bunga yaqinda ro‘y bergan avtomobilning ustunga kuchli zarb bilan borib tekkani sabab bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng ustunda shikastlanishlar paydo bo‘lgan.

Mushtariylar bu haqda internetda video joylashtirishdi.

Shu bilan birga, ustunning qulashi poytaxtda kuchli shamol kuzatilgan paytga ham to‘g‘ri keldi. Liniyaning ikkinchi ustuni ham jiddiy shikastlandi va uning bir qismi havoda osilib qoldi.

Voqea sodir bo‘lgan vaqt qurilmaga yaqin hududlar elektr ta’minotidan mahrum bo‘ldi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Yangiliklar lentasi
0