Toshkentda Spark mashinasida ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

© PixabayZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘l harakati hodisasi 17-iyun kuni Uchtepa tumanining Katta xirmontepa ko‘chasida sodir bo‘lgan edi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Toshkent shahrida piyodani urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Voditel v avtomobile - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Spark mashinasida ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Xabarda aytilishicha, olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida YTH sodir etganlikda gumon qilingan, 1992-yilda tug‘ilgan S.Sh. qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘l harakati hodisasi 17-iyun kuni soat 23:40 da Uchtepa tumanining Katta xirmontepa ko‘chasida yuz berdi. Oq rangli Spark rusumidagi avtomobil haydovchisi o‘zining aybi bilan yo‘lovchini urib yuboradi. Biroq, jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish o‘rniga voqea joyidan yashirinadi.

Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0