07:21 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Sotrudniki Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta Respubliki Uzbekistan konfiskovali vodku Neft

Oʻzbekistonda 16,8 million soʻmlik "Neft" nomli aroq ushlandi

Press-slujba Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta RUz
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (80)
78820

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra mazkur alkolli ichimliklarning umumiy qiymati 16,8 mln. soʻmni tashkil etar ekan.

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston bojxonachilari "Moskva-Andijon" poyezdi yoʻlovchilarining yuklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish vaqtida, yoʻlovchilardan birining yuklari orasiga 48 dona salkam 40 litr hajmdagi "Neft" aroqlari yashirilganligini fosh qilishdi, deb xabar qildi Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra mazkur alkolli ichimliklarning umumiy qiymati 16,8 mln. soʻmni tashkil etar ekan.

Bundan tashqari, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining "Keles" temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari tomonidan "Almata-Nukus" yoʻnalishi boʻyicha kirib kelgan poyezd yoʻlovchilaridan birining yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazilganida, yuklar orasida bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida aytilmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan salkam 80 litr turli xil pivo ichimliklari borligini aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishning amaldagi tartiblariga koʻra, jismoniy shaxslar Oʻzbekistonga alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni 2 litrgacha bojsiz olib kirishlari mumkin.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (80)

Asosiy mavzular