02:25 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Morojenoye

Andijonda 200dan ortiq kishini muzqaymoq bilan zaharlagan kafe egasiga jazo tayinlandi

© AFP 2018 / GABRIEL BOUYS
Hodisalar
Havola olish
234 0 0

Sud jarayonida kafe tegishli ruxsatnomasiz ishlagani, uning hududida dezinfektsiya qoidalariga amal qilinmagani maʼlum boʻlgan.

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. Andijon viloyatidagi kafe egasi 200dan ortiq kishi zaharlanishiga sabab boʻlgan muzqaymoq sotgani uchun besh yil muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi RIA Novosti sud organi vakiliga asoslanib.

"Sud kafe egasi Bultirboyevga nisbatan shartli ravishda besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi va ikki yillik sinov muddati berdi", - dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning aytishicha, sud jarayonida kafe tegishli ruxsatnomasiz ishlagani, uning hududida dezinfektsiya qoidalariga amal qilinmagani maʼlum boʻlgan.

Asosiy mavzular