Toshkentdagi supermarketda yirik yong‘in yuz berdi

© GUVD g. TashkentaPojar v zdanii supermarketa "Kristall" v Yunusabadskom rayone Tashkenta
Pojar v zdanii supermarketa Kristall v Yunusabadskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yunusobod tumanidagi Cristal supermarketi sodir bo‘lgan yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Bugun, 12-iyul kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Cristal supermarketida yirik yong‘in yuz berdi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

"Bugun, 12-iyul kuni taxminan soat 13:47 da Toshkent shahar IIBB YoXBga Yunusobod tumani Yunus ota ko‘chasida joylashgan "Kristall" supermarketining 4-qavatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Ma’lumotga ko‘ra, binoning faqat 1-qavati ishlayotgan bo‘lgan.

© GUVD g. TashkentaPojar v zdanii supermarketa "Kristall" v Yunusabadskom rayone Tashkenta
Pojar v zdanii supermarketa Kristall v Yunusabadskom rayone Tashkenta  - Sputnik O‘zbekiston
Pojar v zdanii supermarketa "Kristall" v Yunusabadskom rayone Tashkenta

Voqea joyiga 5 daqiqada birinchi yordamchi kuchlar yetib keldi, jami bo‘lib 6 ta jangovar maxsus o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita yong‘in narvonlaridan foydalanildi. Soat 14:11da yong‘in jilovlandi va soat 14:18da butunlay bartaraf etildi. Yong‘in xavfsizligi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida olov binoning boshqa qavatlariga tarqalmadi va hech kim jarohatlanmadi. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0