Yana bir yong‘in: Toshkentda do‘kon yonib ketdi

© GUVD g. TashkentaV Mirabadskom rayone Tashkenta proizoshlo vozgoranie v torgovom sentre
V Mirabadskom rayone Tashkenta proizoshlo vozgoranie v torgovom sentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in dastlabki sababi – elektr qisqa tutashuvi bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Toshkent Mirobod tumanida to‘qqiz qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan do‘konga yong‘in tushdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Yong‘in natijasida do‘kon tepasida joylashgan xonadonlarda istiqomat qiluvchilar evakuatsiya qilindi.

Yong‘in bartaraf etildi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi.

Yong‘in dastlabki sababi – qisqa elektr tutashuvi bo‘lishi mumkin. Aniq sababi esa tegishli ekspertizalar o‘tkazilgandan keyin ma’lum bo‘ladi. Yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar ham hisoblanmoqda.

Bundan avval Sigma savdo majmuasida ham yong‘in sodir bo‘lgandi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yong‘in sog‘lomlashtirish markazida elektr issiqlik jihoz qarovsiz qoldirilgan oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0