03:20 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
736 0 0

Eri bilan mudom janjallashib kelgan ayol yarim kechasi yotoqxonaga bolta bilan kirib, erkakning bosh, boʻyin va koʻkrak qafasi sohalariga urgan

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Navoiylik ayol erini bolta bilan chopib, soʻng oʻz joniga qasd qildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi ayol turmush oʻrtogʻi bilan doimiy ravishda janjallashib kelgan. 28 iyul kuni yarim kechasi turmush oʻrtogʻi uxlab yotgan vaqtida yotoqxonaga bolta bilan kirib, erkakning bosh, boʻyin va koʻkrak qafasi sohalariga urgan.

Bu vaqtda xonadan oʻgʻlining baqirgan ovozi kelayotganini eshitgan ota hodisa ustiga kirib kelgan.

Qaynotasini koʻrgan kelin voqea joyidan yashiringan.

Shundan soʻng, ayol qilgan qilmishi uchun javobgarlikdan qoʻrqib, shu mahallada yashovchi opasining qoʻshnisinikida ogʻilxonada oʻzini osib oʻldirgan.

Jabrdiyda erkakn olgan ogʻir tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular