Xotini va qaynota-qaynonasini pichoqlagan kuyov qo‘lga olindi

CC0 / pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning rafiqasi kasalxonaga keltirilgan vaqtida vafot etgan

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 30-iyul kuni Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi X.S. Dang‘ara tumanida yashovchi qaynotasining uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, u shuningdek, ularni ajratmoqchi bo‘lgan qaynotasi hamda qaynonasini ham pichoqlagan.

Natijada X.S.ning rafiqasi kasalxonaga keltirilgan vaqtida vafot etgan.

Qaynota va qaynonasi kasalxonaga yotqizilgan.  X.S qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0