12:25 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Nachalnik Glavnogo upravleniya PPS MVD Uzbekistana Dilshod Akramov. Arxivnoye foto

Dilshod Akramovni oʻldirishda gumonlanayotgan IIBB katta inspektori qamoqqa olindi

© Mejdunarodnыy press-klub
Hodisalar
Havola olish
151221

Dastlabki tergov Bosh prokuratura “Oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish” boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Oʻzbekiston IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi Dilshod Akramov oʻldirganlikda gumonlanuvchi shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi, deb xabar qildi Gazeta.uz nashri.

Xabarda aytilishicha, jinoyat sodir etishda gumon qilinib shahar IIBB HPB (huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi) katta inspektori R.Abdullayev (1985 yilda tugʻilgan, IIV tizimida 2009 yildan ishlab kelgan) ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 4 avgust kuni soat 21:10 larda Mirobod tumani, T.Shevchenko koʻchasida joylashgan IIVga qarashli PPX va JTSBB binosining ikkinchi qavatidagi oʻz xizmat xonasida Dilshod Akramovning (1979 yilda tugʻilgan, IIV tizimida 1996 yildan ishlagan, shahar IIBB PPX va JTSBB Bosh boshqarma boshligʻi) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

2018 yil 4 avgust kuni mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov Bosh prokuratura “Oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish” boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Asosiy mavzular