05:40 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Prestupnik za reshetkoy

Samarqandda “bunker” tashkil qilgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Hodisalar
Havola olish
61610

“Bunker”larning vaqtinchalik xonadonlari koʻzdan kechirilganida koʻplab fuqarolik pasportlari va ularning nusxalari, abituriyentlar ruxsatnomalarining asl nusxalari, davlat test markazining ruxsatnomalari va boshqa hujjatlar topilgan.

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻyicha departament xodimlari Samarqand viloyatida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga yordam berishga uringan bir guruh shaxslarni qoʻlga oldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazi maʼlum qildi.

Guruh aʼzolaridan biri abituriyentni Samarqand arxitektura va qurilish institutiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3 ming dollar olayotganida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qoʻlga olinadi. Shundan soʻng tezkor tadbir oʻtkazilib, guruhning joylashgan manzili aniqlandi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, guruh Samarqand chet tillar instituti talabasi A.A. tomonidan shakllantirilgan. Guruhning har bir aʼzosiga vazifalar taqsimlab berilgan boʻlib, biri test savollarini yechib beradigan yigit-qizlarni topgan, yana biri esa puli koʻp abituriyentlarni izlash bilan shugʻullangan.

“Bunker”larning vaqtinchalik xonadonlari koʻzdan kechirilganida koʻplab fuqarolik pasportlari va ularning nusxalari, abituriyentlar ruxsatnomalarining asl nusxalari, davlat test markazining ruxsatnomalari va boshqa hujjatlar topilgan.

A.A. va guruhning boshqa aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirish orqali ancha miqdorda firibgarlik qilish), 28-moddasi (jinoyatda ishtirok etish) va 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Asosiy mavzular