04:59 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
SIZO

Shvetsiyadagi qamoqxonada saqlanayotgan Oqilov mahbus hujumiga uchradi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Hodisalar
Havola olish
57501

Oqilovga noqonuniy tarzda qurol saqlagani uchun toʻrt yilga qamalgan 24 yoshli mahbus  hujum qilgan.

TOSHKENT, 10 avg – Sputnik. Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanib bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan oʻzbekistonlik Rahmat Oqilovga qamoqxonada mahbuslardan biri hujum qildi.

Voqea oʻtgan haftada xavfsizlik darajasi yuqori boʻlgan Kumla qamoqxonasida yuz bergan. Oqilovga noqonuniy tarzda qurol saqlagani uchun toʻrt yilga qamalgan 24 yoshli mahbus  hujum qilgan. U Oqilov saqlanayotgan kameraga kirgan va eshikni ichidan berkitib olgan, deb yozadi RIA Novosti.

Shundan soʻng ichkaridan baqir-chaqir va zarba tovushlari eshitilgan. Soqchilarning koʻrsatma berishlaricha, ular ichkariga kirishganida mahbus yerda yotgan Oqilovga zarba berayotgan boʻlgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi. Hujum qilgan mahbus izolyatsiya boʻlimiga joylashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 7 aprelda Stokgolm markazidagi yoʻlovchilar yuradigan koʻchalarning birida yuk mashinasi odamlar ustiga qarab bostirib borgan. U 500 metrdan ziyod masofani bosib oʻtgach, Åhlens savdo markazi binosiga borib urilgan. Besh kishi halok boʻlgan, 15 kishi turli darajadagi jarohatlarni olgan. Stokgolm hukumati roʻy bergan voqeani terakt deb tan olgan.

Teraktni sodir etganlikda Oʻzbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov ayblangan.

Asosiy mavzular