04:06 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Klinicheskaya bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoщi v Volgograde

Moskva viloyatida migrantlar ommaviy zaharlandi

© Sputnik / Kirill Braga
Hodisalar
Havola olish
482 0 0

Moskva viloyatidagi qurilishda 31 kishi ovqatdan zaharlandi. Bir kishi vafot etdi.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Moskva viloyatidagi Kotelniki shaharchasidagi qurilish maydonchalaridan birida mehnat migrantlarining ommaviy zaharlanishi yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Kotelnikida yuz bergan hodisa natijasida 26 kishi zarar koʻrdi. Ulardan 23 kishi Lyuberetsk tumanidagi kasalxonaga joylashtirildi, bir kishi vafot etdi”, - deyilgan xabarda.

Voqea 20 avgust kuni sodir boʻlgan. Quruvchilar xostelda ovqatlanganidan soʻng oʻzlarini yomon his qila boshlagan. Shifokorlardan yordam soʻrab 31 kishi murojaat qilgan. Ularning holati oʻrta-ogʻir deb baholanmoqda. Dastlabki diagnoz – gastroenterit.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu xostel sanitariya va epidemiologiya normalariga javob bermaganligi tufayli oldin ham ikki marotaba yopib qoʻyilgan. Rospotrebnadzor ayni damda uning oshxona va ombarxonalarini muhrlab qoʻygan va xostel muldori boʻlgan yuridik shaxs faoliyatini tugatish bilan shugʻullanmoqda.

Jabrlanganlar "Impuls" va "Boes Konstrakshen" qurilish kompaniyalari ishchilari boʻlgan.

Asosiy mavzular