Turkiyaga fohishalikka yuborilayotgan ayollar Samarqand aeroportida to‘xtatib qolindi

Obuna bo‘lish
Navoiy viloyatidan bo‘lgan ishsiz, eridan ajrashgan uch ayol odam savdosi bilan shug‘ullanadigan jinoyatchi tuzog‘iga ilinadi

TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Turkiyaga fohishalikka yuborilayotgan ayollar Samarqand xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi, deb xabar qildihttp://www.mvd.uz/uz/lists/view/3899 O‘zbekiston IIV Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi.

Rossiyaga fohishalarni jo‘natib turgan fuqaro Toshkent aeroportida qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, samarqandlik R.B jinoiy sherigi - Turkiyada yashaydigan onasi bilan til biriktirgan holda, Navoiy viloyatidan bo‘lgan moddiy yordamga muhtoj, ishsiz va turmushidan ajrashgan uch ayolni aldov yo‘li orqali Turkiyaga fohishalikka yuborishni rejalashtiradi.

Ayollarga avvaliga Turkiyada savdo sohasida ish taklif etiladi.

So‘ng, ayollarga ular Turkiyaga uchishlari arafasida, u yerga borganlaridan so‘ng badal puli sifatida 6 ming dollar ishlab berishlari kerak bo‘lishi aytiladi. Ayollar o‘zlarining fohishalikka yuborilayotganidan xabar topishadi.

Navoiy ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar ayolni Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan R.N. qo‘lga olingan. Ayni kunda tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0