22:30 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Jeleznodorojnыe puti sortirovochnoy stantsii

Naushnik taqib, poyezd yoʻlda yurish - juda xavfli: Toshkentda poyezd ayolni urib yubordi

© Sputnik / Igor Onuchin
Hodisalar
Havola olish
300 0 0

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. 2018 yil 13 sentyabr kuni soat 08:00 larda Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani, Bogʻishamol koʻchasi, “Salar-Yalongʻoch” bekatlari oraligʻining 4-kilometr 9-piketida “Toshkent-Xodjikent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan 6429-sonli elektropoyezd qulogʻida quloqchini boʻlgan holda temir yoʻlni kesib oʻtayotgan L.ni (1966 y.t. ayol) urib yuborgan va u olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan.

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasidan maʼlum qilishlaricha, ayolning qulogʻida quloqchin (naushnik)lar boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular