Aqto‘beda yongan avtobus haydovchilari: yo‘lovchilar omon qolishi mumkin edi

© Dmitriy MatveyevlSud pod delu o sgorevshix v avtobuse uzbekistansax
Sud pod delu o sgorevshix v avtobuse uzbekistansax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus haydovchilari yo‘lovchilar o‘z-o‘zini qutqarishlari mumkin edi, deya ta’kidlashmoqda. "Biz oynalarni urib sindirdik, ular nega tashqariga sakramadi, bizga qorong‘i", deyiladi ularning ko‘rsatmalarida

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus ishi bo‘yicha sud majlisida fojiada omon qolgan haydovchilar so‘roqqa tutildi. Avtobus haydovchilari o‘z aybini tan olishmoqda va yong‘indan omon qolgan o‘zbekistonliklarni qo‘shimcha so‘roq qilishni talab qilishmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Tenge - natsionalnaya valyuta Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonliklar Aqto‘be fojiasi qurbonlari oilalariga 10 mln tenge yig‘ib berishdi

Haydovchilardan biri Nurjan Qirg‘izbayev sud va prokurorga avtobus texnik soz bo‘lgani, uning buzilishiga sifatsiz solyarka sabab bo‘lganligi haqida gapirib bergan. Shuningdek, haydovchi, avtobus salonida uchta o‘to‘chirgich va oynalarni buzib tashqariga chiqish uchun to‘rtta bolg‘a bo‘lganini aytgan.

"Yong‘in boshlanganida, haydovchilar nega ulardan foydalanishmadi, men bilmayman. Ular shunday qilishlari mumkin edi", - degan sudlanuvchi.

O‘z navbatida, haydovchining sherigi Maksat Pernebekovning ta’kidlashicha, yo‘lovchilardan biri avto salonda plastik idishga solingan allaqanday suyuq yoqilg‘ini to‘kkan va shundan so‘ng salon yonib ketgan.

Pernebekovning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in ro‘y bergan vaqtda, u avtobus salonida bo‘lmagan va shu bois, bo‘lib o‘tgan voqealarni yaxshi eslolmaydi. Chunki faqat kasalxonada o‘ziga kelgan.

"Bizni buksirga olishi uchun bir avtobusni to‘xtatdik, uning 22 yo‘lovchisi bor edi. Ular bizga avtobusdagi yong‘inni o‘chirishga yordam berishmadi! Biz o‘tni o‘zimiz o‘chirardik, avtobusdagilar esa joyidan qimirlamasdi, ularning ko‘z o‘ngida odamlar yonib ketayotganini tomosha qilib o‘tirishardi! Biz o‘sha to‘xtatgan avtobusimizdan o‘to‘chirgichlarni oldik va yo‘lovchilar tashqariga sakrab chiqishlari uchun oynalarni urib sindirdik, biz uch yoki to‘rtta oynani sindirdik, ular nega sakrashmadi, men bilmayman", - degan o‘z ko‘rsatmalarida haydovchi.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Aqto‘beda yonib ketgan avtobus haydovchilari hibsga olindi, ular 10-yilga qamalishi mumkin

Haydovchining aytishicha, yonayotgan avtobusdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan ikki yo‘lovchi boshqa avtobusda yashiringan va u yoqdan turib yuz berayotgan hodisani tomosha qilgan.

"Yong‘in endi boshlangan vaqtda, ular avtobusdan qochib chiqishgan! Ular salondan chiqishmadi, bizga yong‘inni o‘chirishga yordam berishmadi! Ularni taklif qiling, gapirib berishsin, nega bunday qilishganini. Endi hammasida biz aybdor bo‘lib qolayapmiz", - deya o‘z noroziligini bildirgan Pernebekov.

Jabrlanuvchilar Barak Tanatovdan, u yong‘in vaqtida nima qilganligi haqida so‘rashgan.

"Yong‘in boshlanganda uyquda bo‘lganman, chunki men ikkinchi haydovchi edim. Men ham bu yong‘inda pullarimdan ayrildim. Quyi Novgorodga o‘zimga mashina sotib olish uchun borayotgandim, pullarim yonib ketdi", - deb aytgan haydovchi.

Shundan so‘ng jabrlanuvchilar avtobus yo‘lovchilari ro‘yxati qayerdaligini so‘rashgan. "Bilmayman", degan javobni eshitgach esa, baqirib, haydovchini qarg‘ashga tushganlar.

Samolet Il-76TD MChS RF v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Aqto‘beda halok bo‘lganlar jasadlari Toshkentga olib kelindi

"Biz yong‘in ro‘y bergan vaqtda avtobus ichida kimlar bo‘lganini bilmaymiz, ro‘yxat yonib ketgan, balki kimdir yo‘lda tushib, omon qolgandir, agar ro‘yxat bo‘lganida, bu holatga balki oydinlik kiritish mumkin bo‘lardi", - deb aytgan jabrlanuvchilardan biri.

Jabrlanuvchilar sud zalida yo‘q, ular Turkiston viloyatidalar va jarayonda Sariag‘ash shahrining tuman sudidan videoaloqa orqali qatnashishmoqda, deb yozadi nashr.

Bo‘lib o‘tgan oldingi sud majlislaridan birida, 18-yanvar kuni Samara-Shimkent trassasida avtobusda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarning qarindoshlari, yuz bergan hodisa bo‘yicha ma’lum qilingan rasmiy versiyaga ishonmasliklarini bildirishgan. Ularning bunday deyishlariga jasadlarning yo‘qligi, yopiq tobutlar, shuningdek, Aqto‘bedagi sud jarayonida tirik qolgan ikki yo‘lovchining ishtirok etmayotgani asos bo‘lib xizmat qilgan.

"Biz o‘sha fojia yuz bergan joyda bo‘lmaganmiz. Kim aybdorligi faqat Allohga ayon", - deb ta’kidlashgan o‘zbekistonliklar.

Bundan tashqari, qarindoshlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning telefonlari haligacha ishlamoqda, ammo o‘sha raqamlarga telefon qilib tusha olmadik, deb yozadi nashr.

Tenge - natsionalnaya valyuta Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonliklar Aqto‘be fojiasi qurbonlari oilalariga 10 mln tenge yig‘ib berishdi

Fojia joriy yilning 18-yanvarida Samara - Shimkent trassasining 1068-kilometrida ro‘y bergan. Harakatda bo‘lgan Kassbohrer Setra yo‘lovchi avtobusi yonib ketgan. Avtobus ichida 55 nafar o‘zbekistonlik va uch nafar haydovchi - Qozog‘iston fuqarolari bo‘lishgan.

Jabrlanuvchilarning besh nafari yonayotgan avtobus salonidan chiqishga muvaffaq bo‘lganlar, qolganlari tiriklay yongan.

Haydovchilar Barat Tanatarov, Nurjan Qirg‘izbayev va Maksat Pernebekovlarni yong‘in xavfsizligi qoidalarini hamda transport ekspluatatsiyasi qoidalarini buzganlikda ayblashmoqda.

Ularni 10-yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

Yangiliklar lentasi
0