04:06 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Zolotыe ukrasheniya

Toshkent viloyatida bir guruh “Tillafurushlar” toʻxtatib qolindi

INDRANIL MUKHERJEE / AFP
Hodisalar
Havola olish
359 0 0

Oʻzbekistonga kirib kelayotgan 10 nafar fuqarolarning qoʻl yuklarida bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan 121 mln. soʻmga yaqin 82 dona turli zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. “Gʻishtkoʻprik” posti bojxona xodimlari va Toshkent viloyati IIB vakili bilan xamkorlikda postga piyoda holda kirib kelgan M. R.ga tegishli boʻlgan qoʻl yuklari xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazildi, deb xabar qildi DBQ matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ogʻzaki soʻrovda bojxona xodimiga maʼlum qilinmagan, qiymati qariyb 61 mln. soʻmlik, umumiy vazni 1217 grammdan iborat boʻlgan oq metalldan yasalgan 184 dona har xil turdagi zargarlik buyumlarini yashirincha olib kelinayotganligi aniqlandi.

Yana bir holat fuqaro A. A. ning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, uning qoʻl yuklari orasida bojxona xodimiga ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, qiymati 42 680 000 soʻmlik umumiy ogʻirligi 194 gramm boʻlgan 28  dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari olib kirilayotganiligi fosh etildi.

Bu postda Oʻzbekistonga kirib kelayotgan 10 nafar fuqarolarning qoʻl yuklarida bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan 121 mln. soʻmga yaqin 82 dona umumiy ogʻirligi 600 grammdan ortiq boʻlgan turli zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular