21:32 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Uzbekskiye militsionerы ryadom s patrulnoy mashinoy

Kollej talabasi niqobli bosqinchilikda ishtirok etdi

AP Photo / Umida Akhmedova
Hodisalar
Havola olish
589 0 0

Niqob taqqan bosqinchilar uy egasining boshiga yogʻoch bilan urib, pul talab qilishgan

TOSHKENT, 8 noya - Sputnik. Yettinchi noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bir guruh bosqinchilar qoʻlga olindi, ular orasida kollej talabasi ham boʻlgan, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, Guliston shahrida yashovchi fuqaro I.YU.ning uyiga shu shaharda yashovchi uch erkak va bir nafar kollej talabasi yuzlariga niqob kiygan holda bostirib kirganlar. Bosqinchilar uy egasining boshiga yogʻoch bilan urib, pul talab qilgan vaqtlarida jabrdiydaning turmush oʻrtogʻi shovqin koʻtargan.

Natijada shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelib, 3 nafar bosqinchini qoʻlga olgan. Yana bir nafari, J.B. voqea joyidan qochib ketgan.

Tezkor qidiruv natijalari tufayli u ham 8 noyabr kuni qoʻlga olingan. Uy egasi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan  jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Asosiy mavzular