17:48 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Mashina skoroy pomoщi

Bekobodda 56 nafar bogʻcha bolasi ovqatdan zaharlandi

Sputnik / Stringer
Hodisalar
Havola olish
260 0 0

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan shaxslarning ahvoli oʻrtacha ogʻirlikda boʻlib, ularga "ovqat toksikoinfektsiyasi" tashhisi qoʻyilgan.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 9 noyabr kuni 56 bogʻcha bolalari va 2 nafar tarbiyachilar ovqatdan zaharlanish ehtimoli bilan tibbiyot muassasiga murojaat qilishdi, deb xabar qildi Bosh  Prokuratura matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, murojaat qilganlarda 8 nafari ovqatdan zaharlanishi tashhisi ehtimoli bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan qolganlarga tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Shahar tibbiyot birlashmasining 10.11.2018 yildagi maʼlumotnomasiga koʻra, murojaat qilgan shaxslarning sogʻligi darajasi oʻrtacha ogʻirlikda boʻlib, ularga "ovqat toksikoinfektsiyasi" tashhisi qoʻyilganligi koʻrsatilgan.

Ushbu holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid kimyoviy va bakteriologiya ekspertizalari tayinlanib, Oʻzbekiston Respubikasi Jinoyat kodeksining 257.1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari ustidan tegishli nazorat oʻrnatilgan.

Asosiy mavzular