07:20 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
56410

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat oʻrnatildi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Samarqanddagi “Shodiyona” savdo majmuasida keksa ayolni masxaralab, boshiga chelak kiydirib, musht tushirgan yigitlar (B.X. va SH.A.) qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining Facebookdagi sahifasida maʼlumot berdi.

Xabarda aytilishicha, 2018 yilning may oyi oʻrtalarida jamoat joyi hisoblangan Samarqand shahar “Shodiyona” savdo majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan 46-sonli savdo doʻkoni oldida, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan doʻkon oldidan harakatlanib ketayotgan fuqaro B.X. orqa tomonidan kelishib, bosh qismiga chelak kiydirishgach, SH.A. uni qoʻli bilan bir marta urib yiqitgach, hodisa joyidan qochib ketishgani aniqlangan.

Ushbu holat, SH.A.ning tanishi A.M. tomonidan oʻzining “Samsung” rusumli telefon apparati yordamida video tasvirga olingan va 2018 yil 06 noyabr kuni D.B.tomonidan “Instagram”ijtimoiy internet tarmogʻi orqali tarqatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, 2018 yil 10 noyabr kuni SH.A., A.M., D.B. va R. larga nisbatan Oʻzbekiston JKning 277-moddasi 2-qismi “b” va “d” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, SH.A. va A. M. ushlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan hozirda Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat oʻrnatildi.

Asosiy mavzular