Samarqandda avval raqsga tushib, so‘ng mashina kapotida o‘tirgan qizlarga qanday chora ko‘riladi

Obuna bo‘lish
Huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston MJtKning 183-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, to‘plangan hujjatlar Ma’muriy ishlar bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborilgan.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Samarqandda avval raqs tushib, so‘ng mashina kapotida o‘tirgan qizlar va ushbu videoda tasvirga tushgan barcha shaxslar aniqlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga asoslangan holda.

Xabarda aytilishicha, 2018-yil 20-noyabr kuni internetda tarqalgan videoda yoshi taxminan 20-25 yoshlar atrofida bo‘lgan, 2 nafar qizlar ko‘chada jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, behayolarcha yo‘l chetida o‘ynab, noma’lum avtomashinaning old kapotiga yotib olib, harakatlanib ketayotganligi holati tasvirlangan.

Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
"Karusel" va kortej: videoga tushgan huquqbuzarliklar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shaxar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tekshiruv ishlari natijasida 2018-yil 13-noyabr kuni soat 16:00larda Kattaqo‘rg‘on shahri A.Temur ko‘chasida yurish turish qoidalarini qasddan behayolarcha mensimasdan o‘ynayotgan, sochlari kalta sarg‘ish rangli qiz Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida yashovchi D.Ch, u bilan raqsga tushgan qiz Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi U.F ekanligi, avtomashina boshqaruvida Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi R.S. otasi R.N.ga tegishli Neksiya-1 rusumli avtomashinani xech bir xujjatlarsiz boshqarganligi, mazkur holatlarni ular bilan birga bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi M.N. qo‘l telefonida tasvirga olganligi va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborganligi aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, R.S otasi R.N.ga tegishli Neksiya rusumli avtomashinani xujjatlarsiz boshqarganligi sababli, unga nisbatan MJtKning 135–moddasi 2-qismi va 138-moddasi 4-qismi bilan hamda R.N.ga nisbatan MJtKning 135–moddasi 2-qismi bilan, hamda fuqarolar D.Ch., U.F., R.S. va M.N. larga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, to‘plangan hujjatlar Ma’muriy ishlar bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborilgan.

Ularga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi mumkin.

Sputnik muxbiri ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan bog‘landi.

“Hozirgi vaqtda ushbu holat bo‘yicha barcha huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzildi. Shuningdek, mazkur holat “Majidiy” nomli kinoteatrda muhokama qilinyapti, yig‘ilishda Xotin-qizlar qo‘mitasi viloyat vakillari ham ishtirok etmoqda”, - deb ta’kidlashdi Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasida.

Yangiliklar lentasi
0