23:40 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Naftalanskaya neft

Andijondagi uylardan birida yashirin “neft zavodi” topildi

© chinarhotel.com
Hodisalar
Havola olish
54810

Jinoyatchilar 1120 litr neft xom ashyosini qoʻlbola usulda qaynatish orqali 490 litr mazut va 100 litr solyarka tayyorlangan.

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Andijonda, Neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin tsex fosh etildi, deb xabar qilmoqda “Xalq soʻzi” nashri.

“Andijonneft”  AJ zavodi liniya nazoratchisi boʻlgan fuqaro Zoirjon Mamatqulov 1 mln soʻm evaziga “Andijon-Asaka-FNQIZ” neft quvuri liniyasi qayerdan oʻtganini haqidagi maxfiy maʼlumotni 3 nafar fuqaroga sotadi.

Shundan soʻng fuqarolar Furqat Fayziyev, Xalimjon Matxoliqov va Qayumjon Boqiyevlar Quva tumani Bahor MFY hududidan oqib oʻtadigan qora oltinni oʻgʻirlash boʻyicha reja tuzishga kirishadilar. Shu maqsadda Toshloq tumani Yakkavut MFY, Beruniy koʻchasi, 282-uyda yashovchi Nodirbek Meliboyev va Bobirbek Neʼmatovlar bilan jinoiy til biriktirib, ularning xonadonida neft mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yashirin tsexni tashkil qilish ishlarini boshlab yuboradilar.

Sotrudniki Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta Respubliki Uzbekistan konfiskovali vodku Neft
Press-slujba Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta RUz

Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan vaqt mobaynida bu yerda qoʻlbola usulda metalldan tayyorlangan uskunada 1,120 litr neft xom ashyosini qaynatish orqali 490 litr mazut va 100 litr solyarka tayyorlangan.

Polietilen qoplarda tashilayotgan neft mahsulotlari fuqarolarda shubha uygʻotgan va ular huquqni saqlash organlariga xabar qilishgan. Huquqbuzarlar daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi. Hozirda ularga nisbatan OʻzR JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu oʻrinda, neftni qayta ishlash oʻta xavfli ish ekanligi, u bilan uy sharoitida shugʻullanish nafaqat xonadon egasiga, balkim barcha qoʻshni xonadonlarga ham katta talofat yetkazishi mumkinligini haqida eslatib qoʻymoqchimiz, deb yozadi nashr.

Tamojenniki Uzbekistana obnarujili v avtomobile Chevrolet Cobalt 710 litrov sыroy nefti v polietilenovыx paketax
Tamojenniki Uzbekistana obnarujili v avtomobile Chevrolet Cobalt 710 litrov sыroy nefti v polietilenovыx paketax

Asosiy mavzular