Qamchiq dovonidagi mudhish YTHda to‘rt kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil na perevale Kamchik
Avtomobil na perevale Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qamchiq dovonida neksiya avtomobili yo‘l ta’mirlash avtomobiliga urilishi oqibatida 4 kishi qurbon bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Toshkent viloyati Oxangaron tumani hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lidagi YTH natijasida, to‘rt nafar fuqaro vafot etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

“Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli d/r 60 T 475 NA avtomobil, shu yo‘lning chet qismida to‘xtab turgan yo‘l ta’mirlash ishlari olib borayotgan “IVEKO” rusumli, d/r 01 079 ZEA avtokran avtomobilning orqa qismiga urilgan.

YTH natijasida, to‘rt nafar fuqaro vafot etgan, bir nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, Angren shahar markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Yangiliklar lentasi
0