19:59 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Lavina

“Beldirsoy”da uch kishi qor koʻchkisi ostida halok boʻldi

Sputnik / Anatoliy Ustinenko
Hodisalar
Havola olish
141 0 0

Sodir boʻlgan holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 25 dek – Sputnik. 2018 yil 24 dekabr kuni Toshkent viloyati FVB tezkor navbatchisidan olingan maʼlumotiga koʻra, soat 16:00 larda Boʻstonliq tumani “Beldirsoy” MFY hududida joylashgan “Beldirsoy” sport majmuasining “Dor yoʻlagi” (kanat yoʻli) hududida 3 nafar fuqaro (M.M. 1994 y.t., M.M. 1999 y.t., M.S. 1999 y.t.) snoubord sport turi bilan shugʻillanish jarayonida, taʼqiqlangan xavfli hududda harakatlanishlari natijasida qor koʻchkisi yuzaga kelgan, oqibatda ular qor uyumlari ostida qolib vafot etganlar.

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida fuqarolarning jasadlari soat 19:05 da qor uyumlari ostidan olib chiqildi.

Sodir boʻlgan holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

FVV yuzaga kelishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida togʻli hududlarda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish soʻralgan.

Asosiy mavzular