Magnitogorskda gaz portlashidan 48ta kvartira zarar ko‘rdi

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishSorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove
Sorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Magnitogorskda gaz portlashi oqibatida 10-qavatli uyning bir podyezdi qulab tushdi.

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Rossiyaning Magnitogorsk shahrida ko‘p qavatli uyda gaz portlashi oqibatida 48ta kvartira zarar ko‘rdi deb xabar qilmoqda RIA Novosti FVV xabariga asosan.

Portlash Moskva vakti bilan soat 04:00 da sodir bo‘lgan. Ayni damda 2 kishi qurbon bo‘lgani ma’lum. 10 kishi buzilgan imorat ostidan tirik qutqarib qolingan. Ular orasida bir nafar yosh bola ham bor.

Gaz portlashi 10 qavatli ko‘p xonadonli uyda sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida bino podyezdlaridan birining 3 qavatdan 10 qavatgacha bo‘lgan qismi qulab tushgan, 48ta kvartira zarar ko‘rgan. Ushbu xonadonlarda 110 kishi yashagani ma’lum.

Ayni damda fojea sodir bo‘lgan joyda 196 nafar qutqaruvchilar va 58 ta texnika ishlamoqda, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0