08:08 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
V Tashkente nachalos pervoye slushaniye po delu ob ubiystve sportsmena Djamshida Kenjayeva v nochnom klube Aurum 898

Toshkentda "Aurum 898" klubi qoʻriqchilari ustidan sud boshlandi

© Foto : Verxovnыy sud Uzbekistana
Hodisalar
Havola olish
435 0 0

Toshkentdagi “Aurum 898” tungi klubidagi mushtlashuv oqibatida halok boʻlgan Jamshid Kenjayevning oʻlimiga yuzasida sud boshlandi.

TOSHKENT, 21 yanv – Sputnik. Jinoiy ish jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida erkin kurashchi Jamshid Kenjayev qotilligi yuzasidan sud boshlandi. Bu haqda OʻzA xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan SH. Qilichov “Aurum 898” tungi klubida qoʻriqchi boʻlib ishlagan. Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan S. Kamoliddinov ham shu klubda qoʻriqchi boʻlib ishlagan. Shuningdek, A. Hamroyev va J. Yorqulovlar ham shunday vazifani bajargan.

“Dalillarni tekshirish tartibi belgilandi. Bu jarayon davomida sudlanuvchilar, jabrlanuvchi, guvohlar va ekspertlarning koʻrsatmalari tinglanadi. Shuningdek, ushbu ish boʻyicha toʻplangan boshqa dalillar tekshiriladi”, - deyilgan xabarda.

Sud jarayoni davom etmoqda. Sudning keyingi majlisi 23 yanvar soat 11.00da boʻladi.

Tungi klubdagi jinoyat: aslida kim aybdor?

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Aurum 898” tungi klubida 2018 yil 8 avgust kuni tungi vaqtda klubga kelgan mijoz va klub qoʻriqchilari oʻrtasida mushtlashuv roʻy bergan edi. Mushtlashuv oqibatida sportchi, yaʼni erkin kurashchi Jamshid Kenjayev vafot etgan edi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tungi klubning toʻrt nafar qoʻriqchisi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan edi.

Asosiy mavzular