02:17 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente

Alkogol, telefon va tonirovka: Toshkentda yana nimalar uchun haydovchilar jarimaga tortildi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Hodisalar
Havola olish
615 0 0

Sakkiz kun davomida svetoforning taqiqlovchi signaliga boʻysunmasdan oʻtish boʻyicha 47 ta holat qayd etilgan.

TOSHKENT, 1 fev - Sputnik. YHXB xodimlari 8 kun ichida, 23 yanvardan 30 yanvargacha Toshkent yoʻllarida 3249 ta yoʻl harakati qoidalari buzganlik holatini aniqladi, deb xabar qildi Toshkent IIBB  matbuot xizmati.

Spirtli ichimlik taʼsiri ostida 51 ta haydovchi yoʻlga chiqib, transport vositasini boshqargan. 119 nafar haydovchi transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarib, tekshirish vaqtida tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan. Yana 18 nafar haydovchilar YPX inspektorining toʻxtash  haqidagi talabiga boʻysunmagan. 18 nafar haydovchi tegishli ruxsatnomasiz mashina oynalarini qoraytirishgan.

Shu sakkiz kun davomida svetoforning taqiqlovchi signaliga boʻysunmasdan oʻtish boʻyicha 47 ta holat qayd etilgan. Haydovchilar 293 marta quvib oʻtish qoidalarini buzishgan. Transport vositasini boshqarish jarayonida telefondan qoʻllangani uchun 60 nafar haydovchi jarima tortilgan. Toshkent yoʻllarida 95 ta kichik toʻqnushuv holatlari sodir boʻlgan.
Taqqoslash uchun: yanvar oyining boshida toʻrt kun ichida YPX xodimlari Toshkentda 1,4 ming huquqbuzarlikni qayd etishgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 30 yanvardan Toshkent shahar IIBB YHXB, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari boshlangan edi. Toshkentda yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun va jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilarni aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan tadbirning ilk kunida 467 transport vositasi toʻxtatildi, ulardan 389 nafar haydovchilar “joyida” bankning eng yaqin filialida jarima toʻlashdi. Tadbirning ilk kunida  jami 71.5 mln soʻm jarima undirildi.

Asosiy mavzular