13:42 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Tsыgan-narkotorgovets, zaderjannыy sotrudnikami narkopolitsii

Oʻzbekistonlik chegara orqali 2,5 kilogramm giyohvand moddasini olib oʻtishga urindi

Sputnik / Andrey Stenin
Hodisalar
Havola olish
160 0 0

Ushbu holatlar yuzasidan qoʻlga olingan shaxsga nisbatan Oʻzbekistonning amaldagi qonunchiligi doirasida tegishli choralar koʻrildi.

TOSHKENT, 5 fev – Sputnik. Toshkent tumanining chegaraoldi Tutzor aholi punktida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Oʻzbekiston fuqarosini toʻxtatib, shaxsiy tekshuruvdan oʻtkazishganda, uning yonidan umumiy ogʻirligi taxminan 2,5 kilogram (1,9 kg. marixuana va 600 gramm nasha) boʻlgan giyohvand moddalar borligi aniqlangan. Bu haqda Oʻzbekiston DXX Chegara qoʻshinlari matbuot xizmati xabar qildi.

Pogranichnыe voyska Slujbы gosudarstvennoy bezopasnosti (SGB) zaderjali krupnuyu partiyu kontrobandы
SGB
Pogranichnыe voyska Slujbы gosudarstvennoy bezopasnosti (SGB) zaderjali krupnuyu partiyu kontrobandы

Shu Namangan viloyatida chegara naryadi tomonidan yana bir fuqaro toʻxtatilgan.  U oʻzining "Mersedes" rusumli avtomashinasida Oʻzbekistonga umumiy qiymati 172 mln.soʻm boʻlgan 57 ta televizor va 2 ta elektr pechini olib kirgan.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Tojikiston fuqarosi Xolmatov tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda olib oʻtishga urinish uchun qoʻlga olindi. U noqonuniy tarzda chegaradan umumiy qiymati 100 mln soʻm boʻlgan tamaki mahsulotlarini (9,6 ming quti sigaret) olib oʻtishga uringan.

Pogranichnыe voyska Slujbы gosudarstvennoy bezopasnosti (SGB) zaderjali krupnuyu partiyu kontrobandы
SGB
Pogranichnыe voyska Slujbы gosudarstvennoy bezopasnosti (SGB) zaderjali krupnuyu partiyu kontrobandы

Ushbu holatlar yuzasidan qoʻlga olingan shaxslarga nisbatan Oʻzbekistonning amaldagi qonunchiligi doirasida tegishli choralar koʻrildi.

Asosiy mavzular